Interrogative pronouns

12-Mar-2023

Interrogative pronouns (So'roq olmoshlari)

1. So'roq olmoshlari quyidagilar:
Who (whom) - kim, kimni,
whose - kimning,
what - nima,
which - qaysi.

2. Who ikki kelishikda ishlatiladi: Bosh kelishikda who, obyektiv kelishikda
whom. Who va whom odamlarga nisbatan ishlatiladi.

3. Who olmosh-ot bo'lib gapda ega yoki ot-kesim tarkibida keladi:

  • Who came here yesterday? Kecha bu yerga kim keldi? (ega)
  • Who is that man? U kishi kim? (ot-kesim).

    4. Who ega bo'lib kelganda undan keyin kelgan fe'l birlikda ishlatiladi:
  • Who is there? U yerda kim bor?
  • Who has taken my pencil? Mening qalamimni kim oldi?

    5. Whom to'ldiruvchi bo'lib keladi, og'zaki nutqda ko'pincha whom o'rnida who ishlatiladi:
  • Who (whom) did you meet there? U yerda kimni uchratdingiz?
  • Who(whom) did you ask about it? Bu haqda kimdan so'radingiz?

    6. Whom istagan predlog bilan ishlatilishi mumkin:
  • To whom did you show the letter? Siz xatni kimga ko'rsatdingiz?
  • By whom is the letter signed? Xat kim tomonidan imzolangan?
  • From whom did you receive the telegram? Telegrammani kimdan oldingiz?
  • Of whom are you speaking? Kim haqida gapiryapsiz?
  • With whom did you come yesterday? Kecha kim bilan keldingiz?

    7. Whom ga taalluqli predlog, odatda, fe'ldan keyin, agar to'ldiruvchi bo'lsa,
    to'ldiruvchidan keyin keladi, ushbu holda whom o'rnida ko'pincha who ishlatiladi:
  • Who (whom) did you show the letter to? Xatni kimga ko'rsatdingiz?
  • Who (whom) is the letter signed by? Xat kim tomonidan imzolangan?

    I z o h: Whom o'rnida who ishlatilganda predlog faqat fe'ldan keyin, to'ldiruvchi bo'lsa,
    faqat to'ldiruvchidan keyin keladi. Who ning oldida predlog qo'yilmaydi.

    8. Whose kimning olmosh-sifat bo'lib keladi va otning ko'rsatkichi
    bo'lganligi uchun, whose dan keyin kelgan ot artikl bilan ishlatilmaydi,
    chunki bitta ot oldida faqat bitta ko'rsatkich ishlatilishi mumkin:
  • Whose dictionary is this? Bu kimning lug'ati?
  • Whose book did you take? Siz kimning kitobini oldingiz?

    9. What nima, qancha olmosh-ot bo'lib kelganda gapda ega, to'ldiruvchi va ot-kesim tarkibida keladi:
  • What has happened? Nima bo'ldi?
  • What have you brought? Nima olib keldingiz?
  • What is the population of that town? U shaharning aholisi qancha?

    10. What odamlarga nisbatan ularning kasbi yoki mansabi so'ralganda ishlatiladi:
  • What is he? U kim?
  • What is your daughter? She is an English teacher. Qizingiz kim (kasbi nima)? U ingliz tili o'qituvchisi.

    Izoh: Savol kishining ismi yoki sharifini bilish maqsadida berilgan bo'lsa, who ishlatiladi:
  • Who is he? He is Olimov.

    11. What qanday ma'nosida olmosh-sifat bo'lib keladi, otning ko'rsatkichi bo'lganligi uchun, whatdan keyin
    kelgan ot oldida artikl ishlatilmaydi, chunki bitta ot oldida faqat bitta ko'rsatkich ishlatilishi mumkin:
  • What question did he ask? U qanday savol so'radi?
  • What books did you buy? Siz qanday kitoblar sotib oldingiz?

    12. Which qaysi olmosh-sifat va olmosh-ot bo'lib keladi. Which olmosh-sifat bo'lganda
    otga ko'rsatkich bo'ladi va undan keyin kelgan ot artiklsiz ishlatiladi:
  • Which chapter did you like best? Sizga qaysi bob ko'proq yoqdi?
  • Which metal is heavier: copper or iron? Qaysi metall og'irroq; mismi yoki temir?
  • Which student in your groupworks hardest of all? Guruhingizdagi qaysi talaba hammadan ko'proq ishlaydi?
  • Here are two books. Which would you like? Mana ikkita kitob. Qaysinisi sizga yoqadi?