The Present Continuous Tense
12-Mar-2023The Present Continuous Tense ( Hozirgi davom zamon )
1. Present Continuous to be fe'lining hozirgi zamondagi shakllaridan biri va asosiy fe'lning hozirgi zamon sifatdoshi ( Present Participle =Ving ) shaklini qo'yish bilan yasaladi:
Ega | + am + is + are |
+ Ving |
---|
Bu yerda V ing hozirgi zamon sifatdoshi:
- I am working. Men ishlayapman.
- He is working. U ishlatapdi.
- We are working. Biz ishlayapmiz.
- He is sleeping now. U hozir uxlayapti.
- We are waiting for the bus. Biz avtobus kutyapmiz.
2. Bo'lishsiz shakli am, is, are yordamchi fe'lidan keyin not inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi:
Ega + am
+ is
+ are+ not + Ving - I am not reading a book. Men kitob o'qimayapman.
- He is not sleeping now. U hozir uxlamayapti.
- We are not waiting for the bus. Biz avtobus kutmayapmiz.
3. So'roq shakli gapning egasining oldiga yordamchi fe'lni o'tkazish bilan yasaladi:Am
Is
Are+ ega + Ving ? - Are you reading a book? Siz kitob o'qiyapsizmi?
- Is he sleeping now? U hozir uxlayaptimi?
4. Og'zaki nutqda quyidagi qisqartirmalar ishlatiladi: I'm, He's, She's, It's, We're, You're, They're, I'm not, He isn't, He's not, She isn't, She's not, It isn't, It's not, We aren't,We're not, You aren't, You're not, They aren't, They're not.Hozirgi davom zamonning yasalishi
1. Gapirayotgan paytda, hozir sodir bo'layotgan ish-harakatni ifodalaydi: - He is reading a book. U kitob o'qiyapti.
- She is typing a letter. U mashinkada xat yozayapti.
- Don't make any noise, he is sleeping. Shovqin qilmang, u uxlayapti.
Quyidagi hissiyotni, idrokni va aqliy holatni ifodalovchi fe'llar davom zamonlarda ishlatilmaydi:like - yoqtirmoq love - sevmoq hate - yoqtirmaslik want - istamoq wish, desire - xohlamoq see - ko'rmoq hear - eshitmoq feel - his qilmoq notice - payqamoq know - bilmoq undersatand - tushunmoq remember - eslamoq forget - unutmoq believe - ishonmoq recognize - tanimoq seem, appear - ko'rinmoq, o'xshamoq possess - egalik qilmoq contain - o'z ichiga olmoq consist - ... dan iborat bo'lmoq be - bo'lmoq
2. Gapirayotgan paytda bo'lmasa ham, hozirgi zamonda uzoq vaqt davom etadigan ish harakatni ifodalaydi: - He is writing a new play. U yangi pyesa yozayapti.
- That fi rm is carrying on nego-tiations for the purchase of ore.
U firma ruda sotib olish haqida muzokaralar olib boryapti.
3. If, when, while va boshqalar bilan boshlangan payt va shart ergash gaplarda kelasi zamonda davom etgan ( Future Continuous o'rnida ) ishharakatni ifodalaydi: - If I am sleeping when he comes, wake me up, please.
U kelganida agar men uxlayotgan bo'lsam, iltimos, meni uyg'oting. - I shall be reading the newspaper while you are writingyour grammar exercises.
Siz grammatika mashqlarini bajarayotganingizda men gazetani o'qiyotgan bo'laman.
4. Kelasi zamondagi ish-harakatni ifodalaydi. Bunda ish-harakat ning bajarilishi aniq bo'lishi va gapda kelasi zamonni ko'rsatuvchi payt holi bo'lishi kerak: - They are going to the theatre tonight. Ular bu oqshom teatrga boradilar
- He is taking his examination on Friday. U juma kuni imtihon topshiradi.
- We are buying a new radio set soon. Biz tezda yangi radiopryomnik sotib olamiz.
- She is leaving by the five o'clock train. U soat beshlik poyezd bilan jo'nayapti.
To be going to V ... birikmasi
1. Agar biror ish qilishga niyat (qasd) qilingan bo'lsa yoki shu ishharakatning kelasi zamonda amalga oshishi aniq bo'lsa to be going to V ... birikmasi ishlatiladi va bu birikma o'zbek tiliga - moqchi bo'lmoq deb tarjima qilinadi: - I am going to learn French next year.
Men kelasi yili fransuz tilini o'rganmoqchiman. - He is going to spend his summer vocation in Miraki.
U yozgi ta'tilini Mirakida o'tkazmoqchi. - We are going to ship these goods by the next ship.
Biz bu mollarni keyingi kemaga yuklamoqchimiz.