Countable nouns

12-Mar-2023

Nouns ( Otlar )
Umumiy ma'lumotlar

1. Shaxs yoki narsani ifodalovchi va who? - kim? va what? - nima? so'roqlariga javob bo'luvchi
so'zlar turkumi ot deyiladi: a man, an engineer, a house
2. Otlar oldidan odatda, artikl va predlog kelib, ular otlarning asosiy belgisi hisoblanadi:
a table, the table , on the table.
3. Otlar birlik va ko'plikda kelishi mumkin: a table - tables, a book - books.
4. Otlarda ikkita bosh va qaratqich kelishigi bor: worker - worker's, father - father's.
5. Otlar gapda quyidagi vazifalarda keladi:
a) ega vazifasida:

  • The train leaves at 6 o'clock. Poyezd 6 da jo'naydi.
    b) Kesim tarkibida:
  • He is a teacher. U o'qituvchi.
    d) to'ldiruvchi vazifasida:
  • I've received a telegram. Men telegramma oldim.
  • We've sent the buyers a letter. Biz xaridorlarga xat yubordik.
  • I'll speak to the manager. Men menejer bilan gaplashaman.
    e) aniqlovchi vazifasida:
  • This is the manager's room. Bu menejerning xonasi.
    f) hol vazifasida:
  • There is a hospital in the village Qishloqda kasalxona bor.

    Countable nouns ( Sanaladigan otlar )

    Sanaladigan otlarni sanab bo'ladi. Ular birlik va ko'plikda ishlatiladi.
    a pen - 2 pens
    a book - 3 books

     
  • I've bought a book. Men (bitta) kitob sotib oldim.
  • I've bought two books. Men ikkita kitob sotib oldim.
  • There is a library in this street. Bu ko'chada kutubxona bor.
  • There are very many libraries in Tashkent. Toshkentda ko'p kutubxonalar bor.
  • I'm looking for a job. Men ish qidiryapman.
  • What a beautiful view! Qanday go'zal manzara!
  • It's a nice day today. Bugun yaxshi kun.
  • We had a lot of bags and cases. Bizni ko'p sumka va chemadonlarimiz bor edi.
  • These chairs are mine. Bu stullar meniki.
  • It was a good suggestion. Bu yaxshi taklif edi.

    Birlikda kelgan donalab sanaladigan otlar yakka o'zi ishlatilmaydi. Ularning oldidan a, the, my,
    (egalik olmoshlari yoki otlarning qaratqich kelishik shakli)dan biri keladi:
    I want a banana. I want banana deb bo'lmaydi).