The Present Perfect Continuous Tense
12-Mar-2023The Present Perfect Continuous Tense
(Hozirgi tugallangan davom zamon)
1. Present Perfect Continuous to be fe'lining Present Perfect shakli (have been, has been) va hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle = Ving) yordamida yasaladi:
Ega + have (has) + been + V ing |
---|
Your eyes are red. I think, you have been crying. Sizning ko'zlaringiz qizargan. Fikrimcha bu yig'layotganingizdan.
The ground is wet. It has been raining. Yer namlangan. Bu yomg'ir yo'gayotganidan.
They have been watching TV for 3 hours. Ular 3 soatdan buyon televizor tomosha qilishyapdi.
2. Present Perfect Continuous ning bo'lishsiz shakli birinchi yordamchi fe'ldan keyin not inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi:
Ega + have (has) + not + been + V ing |
---|
You have not been working hard today. Siz bugun qattiq ishlamayapsiz.
3. Present Perfect Continuous ning so'roq shakli birinchi yordamchi fe'lni eganing oldiga o'tkazish bilan yasaladi:
Have (has) + ega + been + Ving ? |
---|
Has he been learning English since May? U ingliz tilini May dan buyon o'rganayaptimi?
Bo'lishli shakli | Bo'lishsiz shakli | So'roq shakli |
---|---|---|
I have been working He (She, it) has been working We have been working You have been working They have been working |
I have not been working He (she, it) has not been working We have not been working You have not been working They have not been working |
Have I been working? Has he (she, it) been working? Have we been working? Have you been working? Have they been working? |
The Use of Present Perfect Continuous Tense
( Hozirgi tugallangan davom zamonning ishlatilishi )
1. Present Perfect Continuous o'tgan zamonda boshlanib hozir ham davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydi. Bu zamon uchun ish-harakatning sodir bolish vaqtini ko'rsatish zarur. Present Perfect Continuous for an hour bir soat davomida, for a month bir oy davomida, for a long time uzoq vaqt davomida, since yesterday kechadan buyon, since five o'clock soat beshdan buyon, how long qancha vaqt, since when qachondan buyon kabi vaqt ko'rsatkichlari bilan ishlatiladi:
- I have been waiting for my brother for a long time. Men akamni uzoq vaqt (davomida) kutayapman.
- I have been reading the newspaper since five o'clock. Men gazetani soat beshdan buyon o'qiyapman.
- What have you been doing here since early morning? I have been preparing for my examination.
Ertalabdan buyon bu yerda nima qilayapsiz? Imtihonimga tayyorlanayapman. - He has been living in London for five years. U Londonda besh yil (davomida) yashayapti.
- He has been teaching English since 1998. U 1998-yildan buyon ingliz tilidan dars beradi.
- How long has he been living in London? U Londonda qancha (qachondan buyon) yashayapti?
- Since when have youbeen working at this factory? Siz bu zavodda qachondan buyon ishlayapsiz?
- 2. Present Perfect Continuous hozir davom etayotgan ish-harakatni va odatiy, doimiy ish-harakatni ifodalaydi. Yuqoridagi misollarda ishharakatni qancha davom etishini ko'rsatuvchi vaqt ko'rsatkichlari bo'lmasa hozir davom etayotgan ish-harakatini ifodalash uchun Present Continuous va odatiy, doimiy ish-harakatni ifodalash uchun Present Simple ishlatar edik:
Hozirgacha davom etib tugayotgan ish-harakati Qancha davom etganligini ko'r satuvchi
vaqt ko'rsatkichi bilanQancha davom etganligini ko'r satuvchi
vaqt ko'rsatkichi bo'lmasaI have been waiting for my brother for a
long time.
I have been reading the newspaper since
five o'clock.
It has been raining since morning.
He has been living in London for five
years.
He has been teaching English since 1998I am waiting for my brother.
I am reading the newspaper.
It is raining.
He lives in London.
He teaches English?
3. Present Perfect Continuous o'tgan zamonda boshlanib bevosita hozirdan oldin tugagan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Davom etgan vaqt ko'rsatilishi ham, ko'rsatilmasligi ham mumkin:- I feel tired as I have been working in the garden for several hours.
Men charchadim chunki men bog'da bir necha soat (davomida) ishlagan edim. - Although the sun is shining, it is still cold as it has been raining hard.
Quyosh charaqlab turgan bo'lsa ham, hali ham sovuq edi, chunki kuchli yomg'ir yoqqan edi.
- I feel tired as I have been working in the garden for several hours.