The Past Simple Tense

12-Mar-2023

The Past Simple Tense ( Oddiy o'tgan zamon )

1. Past Simpleni yasashda to'g'ri fe'llarning o'zagiga - ed qo'shimchasi qo'shiladi: to work - I worked, to live - I lived, to expect - I expected. -ed qo'shimchasi [d], [t] yoki [id] deb o'qiladi: lived, worked, expected.

I played tennis yesterday. ( Men kecha tennis o'ynadim.)
He worked very hard. ( U juda qattiq ishladi.)
We studied together. ( Biz birga o'qiganmiz.)

Noto'g'ri fe'llarning Past Simple dagi shakli turli yo'llar bilan yasaladi: to speak - spoke; to begin - began; to sell - sold; to lose - lost.
They went to school. ( Ular maktabga bordilar.)
She bought flowers. ( U gullar sotib oldi.)

2. Past Simple ning bo'lishsiz shakli fe'lning asosiy shaklidan oldin did yordamchi fe'li va not inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi:

 

Ega + did + not + V

Bu yerda V - fe'lning o'zagi, to yuklamasisiz kelgan infinitiv. I did not work. He did not work. I did not speak. He did not speak.

3. Past Simple ning so'roq shakli eganing oldiga did yordamchi fe'lini va egadan keyin asosiy fe'lning o'zagini qo'yish bilan yasaladi:

Did + ega + V ?

Did I work? Did he work? Did I speak? Did he speak?

Use Past simple tense ( Oddiy o'tgan zamonning ishlatilishi )

1. Past Simple o'tgan zamonda sodir bo'lgan ish-hrakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Bu zamon o'tgan zamonda sodir bo'lgan voqealarni hikoya qilishda ishlatiladi.

2. Past Simple quyidagi payt hollari bilan hamma vaqt iashlatiladi:

 

  yesterday      - kecha,             last week      - o'tgan hafta,
  an hour ago    - bir soat ilgari,   the other day  -  shu kunlarda, o'tgan kunlarda,
  on Monday      - dushanbada,        in 1998        -  1998-yilda,
  during the war - urush davrida
		

 

The goods arrived yesterday. Mollar kecha keldi.
The negotiations ended last week. Muzokaralar o'tgan haftada tugadi.
He came at fi ve o'clock. U soat beshda keldi.
I spoke to him the other day. Men shu kunlarda u bilan gaplashdim.
Did you go out last night? Kecha tunda siz biror joyga bordingizmi?

Ish-harakatning sodir bo'lgan vaqti kesimi o'tgan zamonda bo'lgan payt ergash gap bilan ham berilishi mumkin:
He called when I was at the Institute. U men institutdaligimda menikiga kelibdi.

Ish-harakatning sodir bo'lgan vaqti ko'rsatilmasdan, fahmlanishi mumkin:
I bought this book in London. Men bu kitobni Londondan sotib olganman.
I recognized him with diffi culty. Men uni qiyinchilik bilan tanidim.

3. Bir nechta oldinma-ketin sodir bo'lgan ish-harakat sodir bo'lish tartibida bayon etilsa Past Simple ishlatiladi:
He left the hotel, took a taxi and drove to the theatre.
U mehmonxonadan chiqdi, taksi oldi va teatrga jo'nadi.
The manager entered the office, sat down at his desk, and began to look through the morning mail.
Mudir ofisga kirdi, stoliga o'tirdi va ertalabki pochtani qarab chiqa boshladi.
When I arrived at the railway station, I went to the booking-office and bought a ticket.
Men temir yo'l vokzaliga kelga nimda, kassaga bordim va bilet sotib oldim.

4. Simple Past o'tgan zamondagi odatiy, takrorlanib turgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi:
Last winter I spent a lot of time in the library.
O'tgan qishda men ko'p vaqtimni kutubxonada o'tkazardim.
Last year I often went to the theatre.
O'tgan yil men tez-tez teatrga borib turar edim.
While she was in Tashkent, she often called on us every evening.
U Toshkentdaligida ko'pincha har oqshom biznikiga kelib turar edi.

Ushbu holat uchun ko'pincha used + to + V ham ishlatiladi:
Last summer I used to spend a lot of time in the library.
Last year I often used to go to the theatre.
While she was in Tashkent, she used to call on us every evening.

Used to o'tgan zamonda uzoq davom etgan ish-harakatni yoki holatni ham ifodalaydi (ayniqsa to be, to know, to live kabi fe'llar bilan):

He used to be very strong in his youth. U yoshligida juda kuchli edi.
I used to know that man. Men u kishini bilar edim (tanir edim).
He used to live in Brighton. U Braytonda yashar edi.

Used faqat o'tgan zamonda ishlatiladi. So'roq shakli did yordamchi fe'li yordamida yoki usiz yasaladi. Bo'lishsiz shakli esa didsiz yasaladi:
Used you (Did you use) to take English lessons every day?
Siz har kun ingliz tili darsi olardingizmi?
He used not (usen't, usedn't) to have dinner at home.
U uyda ovqatlanmasdi.