The Past Continuous Tense

12-Mar-2023

The Past Continuous Tense ( O'tgan davom zamon )

1. Past Continuous to be fe'lining o'tgan zamondagi shakllaridan biri ( was, were ) va asosiy fe'lning hozirgi zamon sifatdoshi shakli ( Present Participle = Ving) yordamida yasaladi:

 

Ega + was ( were ) + Ving


I was reading at 5 o'clock yesterday. Men kecha soat 5 da o'qiyotgan edim.
They were sleeping at that time yesterday. Ular kecha shu paytda uxlashayotgan edilar.

2. Bo'lishsiz shakli was , were dan keyin not inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi:

 

 

Ega + was ( were ) + not + Ving


I was not reading at 5 o'clock yesterday. Men kecha soat 5 da o'qiyotgan emasdim.
They were not sleeping at that time yesterday. Ular kecha shu paytda uxlashayotgan emasdilar.

3. So'roq shaklini yasashda was , were yordamchi fe'llari eganing oldiga o'tkaziladi:

 

 

Was ( were ) + ega + Ving?

 

 

  • Was he reading at 5 o'clock yesterday? Kecha u soat 5 da o'qiyotgan edimi?
  • Were they sleeping at that time yesterday? Ular kecha shu paytda uxlashayotgan edilarmi?
     

    Use Past Continuous Tense ( O'tgan davom zamonning ishlatilishi )


    1. Past Continuous o'tgan zamondagi biror vaqtdan oldin boshlanib, o'sha vaqtda ham davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydi. Bu vaqt:

    a) at five o'clock soat beshda, at noon peshinda, at midnight yarim tunda, at that momet o'sha vaqtda kabi vaqt ko'rsatkichlari bilan ifodalanadi:
  • He was writing his exercises at five o'clock. U soat beshda mashqlarini yozayotgan edi.
  • It was raining at noon. Peshinda yomg'ir yog'ayotgan edi.
  • What was he doing at that moment. U o'sha payt nima qilayotgan edi?

    b) Past Simple bilan ifodalangan o'tgan zamondagi ikkinchi bir ishharakati bilan:
  • He was writing his exercises when I entered the room. Men xonaga kirganimda u mashqlarini yozayotgan edi.
  • It was raining when I left the house. Men uydan chiqqanimda yomg'ir yog'ayotgan edi.
  • What was he doing when you called on him? Siz unikiga borganingizda u nima qilayotgan edi?
  • He hurt his leg while he was playing football. U futbol o'ynayotganida oyog'ini lat yedirib qo'ydi.
  • As I was coming here I met your brother. Men bu yoqqa kelayotganimda akangizni uchratdim.


    Past Continuousli gapda ish-harakat sodir bo'layotgan vaqt ko'rsatilmasligi va u boshqa gaplarda bo'lishi mumkin. Bunday hol ko'pincha biror joyni tasvirlashda sodir bo'ladi:
     
    It was evening. My mother was
    reading
    a book, and I was watching
    TV. Suddenly the door opened, and
    my brother came in.
    Oqshom edi. Onam kitob o'qi yotgan
    edi va men televizor ko'ra yotgan
    edim. To'atdan eshik ochilib, akam
    kirib keldi.
    It was ten o'clock in the morning
    when I entered the office. Some
    visitors were waiting for the manager.
    The secretary was speaking
    to somebody on the phone, and the
    bookkeeper was dictating a letter to
    the stenographer.
    Men ofisga kirganimda ertalabki
    soat o'n edi. Bir necha kishilar boshliqni
    kutayotgandi. Kotiba telefonda
    allakim bilan gaplashayotgan edi,
    hisobchi stenografi stga aytib xat
    yozdirayotgan edi.

    3. all day long kun bo'yi, all day yesterday kecha kun bo'yi, all the time butun vaqt, the whole evening butun oqshom, from five till eight soat besh dan sakkizgacha kabi vaqt ko'rsatkichlari bilan Simple Past ham, Past Continuous ham ishlatilishi mumkin. Past Continuous ishlatilganda ishharakatning bajarilish jarayoni tushuniladi, Simple Past ishlatilganda esa ish-harakatning bajarilish dalili ( bajarilganmi yo'qmi ) tushuniladi:
     
  • I was reading all day yesterday.
  • I read all day yesterday. Men kecha kun bo'yi o'qidim.
  • It was raining the whole evening.
  • It rained the whole evening. Butun oqshom yomg'ir yog'di.
  • I was working in the library from three till five.
  • I worked in the library from three till five. Men soat uchdan beshgacha kutubxonada ishladim.