The Past Perfect Continuous Tense
12-Mar-2023The Past Perfect Continuous Tense
(O'tgan tugallangan davom zamon)
1. Past Perfect Continuous to be fe'lining Past Perfect shakli (had been) va asosiy fe'lning hozirgi zamon sifatdoshi (Present Participle = Ving) shakli yordamida yasaladi:
Ega + had + been + Ving |
---|
She had been playing tennis for 2 hours yesterday.
U kecha soat 2 da tennis o'ynayotgan edi.
2. Past Perfect Continuous ning bo'lishsiz shakli birinchi yordamchi fe'l haddan keyin not inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi:
Ega + had + not + been + Ving |
---|
I had not been living here for 3 years.
Men bu yerda 3 yildan beri yashayotganim yo'q.
3. Past Perfect Continuous ning so'roq shaklini yasash uchun birinchi yordamchi fe'lni eganing oldiga o'tkazamiz:
Had + ega + been + Ving? |
---|
Had he been learning English since May?
U maydan buyon Ingliz tilini o'rganyaptimi?
Bo'lishli shakli | Bo'lishsiz shakli | So'roq shakli |
---|---|---|
I had been working He (She, it) had been working We had been working You had been working They had been working |
I had not been working He (she, it)had not been working We had not been working You had not been working They had not been working |
had I been working? had he (she, it) been working? had we been working? had you been working? had they been working? |
The Use of Past Perfect Continuous Tense
( O'tgan tugallangan davom zamonning ishlatilishi )
1. Past Perfect Continuous Past Simple zamoni bilan ifodalangan birorta o'tgan zamondagi ish-harakatdan oldin boshlanib o'sha paytda ham davom etadigan ish-harakatni ifodalaydi. Past Perfect Continuousning ishlatilishi uchun for two hours ikki soat (davomida), for three months uch oy (davomida), for a long time uzoq vaqt (davomida) kabi vaqt ko'rsatkichlari bo'lishi shart:
- I had been working for a long time when my brother came.
Akam kelganida men uzoq vaqt ishlayotgan edim. - His sister had been living in London for three years when the war broke out.
Urush boshlanganda uning opasi Londonda uch yil (davomida) yashayotgan edi. - It had been raining for two hours when I left home.
Men uydan chiqqanimda yomg'ir ikki soat davomida yog'ayotgan edi.
- 2. Past Perfect Continuous o'tgan zamondagi birorta ish-harakatidan oldin boshlanib o'sha ish-harakatdan bevosita oldin tugagan ish-harakatni ifodalash uchun ham ishlatiladi. Gapda davom etgan vaqtni ko'rsatuvchi ko'rsatkichlar mavjud bo'lishi ham, mavjud bo'lmasligi ham mumkin:
- Although the sun was shining, it was still cold as it had been raining hard for two hours.
Quyosh charaqlab turgan bo'lsa ham hali ham sovuq edi, chunki ikki soat (davomida) qattiq yomg'ir yoqqan edi. - He felt very tired when he came home as he had been playing football.
U uyga kelganida qattiq charchaganini his qildi, chunki u futbol o'ynagan edi.
- Although the sun was shining, it was still cold as it had been raining hard for two hours.