The Future Simple Tense

12-Mar-2023

The Future Simple Tense ( Oddiy kelasi zamon )

Bu zamon kelasi zamonda sodir bo'ladigan ish-harakatni ifodalaydi.

1. Future Simple asosiy felning oldiga 1-shaxs birlik va ko'plikda shall yordamchi fe'lini, qolgan shaxslarda will yordamchi fe'lini qo'yish bilan yasaladi:

 

I
We
+ shall + V
He
She
it
You
They
+ will + V

I (we) shall work, he (you, they) will work.
I shall go to school tomorrow. Men ertaga maktabga boraman.
They will watch TV tonight. Ular bugun tunda televizor ko'rishadi.

2. Future Simple ning bo'lishsiz shakli shall yoki will yordamchi fe'lidan keyin not inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi:

 

 

Ega + shall ( will ) + not + V

I (we) shall not work. He (you, they) will not work.
It will not rain tomorrow. Ertaga yomg'ir yog'maydi.
We shall not watch TV. Biz televizor tomosha qilmaymiz.

3. So'roq shaklini yasashda shall yoki will yordamchi fe'li eganing oldiga o'tkaziladi:

 

 

Shall ( will ) + ega + V ?

Shall I (we) work? Will he (you, they) work?
Will it rain tomorrow? Ertaga yomg'ir yog'adimi?
Shall we watch TV? Biz televizor tomasha qilamizmi?

Savollarga qisqa javob berish:

 

Ha Yes, ega + will (shall) Will you write a letter? - Yes, I shall. (-No, I shan't.)
Yo'q No, ega + won't (shan't) Will she read the text? - Yes, she will. (No, she won't.)


Og'zaki nutqda quyidagi qisqartirmalar ishlatiladi: I'll, He'll, She'll, We'll, You'll, They'll, I shan't, I'll not, He won't, He'll not, She won't, She'll not, It won't, It'll not, We shan't, We'll not, You won't, You'll not, They won't, They'll not.

 

Oddiy kelasi zamonning ishlatilishi

1. Future Simple kelasi zamonda sodir bo'ladigan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi:
He will return to Tashkent in a few days.
U bir necha kun ichida Toshkentga qaytib keladi.
We shall not see him till Monday. Biz uni dushanbagacha ko'rmaymiz.
He will be tired after his work. U ishidan keyin charchaydi.
They will take English lessons twice a week.
Ular haftada ikki marta ingliz tili darsi o'tadilar (oladilar).

 

 

To be going to ...

Kelajakda bajarilishi rejalashtirilgan, qaror qilingan ish-harakatlar uchun qo'llaniladi. O'zbek tiliga - moqchi deb tarjima qilinadi.

Bo'lishli shakli:

 

Ega + am ( is, are ) + going to + Verb I

I am going to paint the door white tomorrow. Men ertaga eshikni oqqa bo'yamoqchiman.
He is going to watch TV. U televizor tomosha qilmoqchi
They are going to organize the show next week.
Ular kelasi haftada tadbir uyushtirishmoqchi.

Savol shakli:

Am (is, are) + ega +going to + Verb I

Are you going to wash the car? Siz mashinangizni yuvmoqchimisiz?

Inkor shakli:

Ega am (is, are) + not going to + Verb I

I am not going to read this book. Men bu kitobni o'qimoqchi emasman.

 

 

The Future Simple in the Past Tense
( O'tgan zamondagi kelasi zamon )

1. Future Simple in the Past Simple Future ga o'xshab yasaladi, faqat shall yordamchi fe'li o'rniga should , will yordamchi fe'li o'rniga would ishlatiladi:

 

 

Bo'lishli shakli Inkor shakli
I should work
He ( she, it ) would work
We should work
You would work
They would work
I should not work
He (she, it) would not work
We should not work
You would not work
They would not work

Future Simple in the Past o'tgan zamonga nisbatan kelasi zamonda sodir bo'lgan ish-harakatni ifodalash uchun ishlatiladi. Future Simple in the Past bosh gapdagi kesim o'tgan zamonda bo'lganda, o'zlashtirma gapdagi kelasi zamonni ifodalaydi:

I said that I should go there the next day.
Men u yerga kelgusi kuni borishimni aytdim.
He knew that Nancy would return next week.
U Nansining kelgusi haftada kelishini bilar edi.
He asked them whether they would take part in that work.
U ulardan o'sha ishda qatnashishqatnashmasliklarini so'radi.