The Future Continuous Tense
12-Mar-2023
The Future Continuous Tense ( Kelasi davom zamon )
1. Future Continuous to be fe'lining kelasi zamondagi shakli va asosiy fe'lning hozirgi zamon sifatdoshi shakli bilan yasaladi:
Ega + shall ( will ) + be + Ving |
---|
I shall be reading at 4 o'clock tomorrow. Men ertaga soat 4 da kitob o'qiyotgan bo'laman.
They will be working at this time tomorrow. Ular ertaga bu vaqtda ishlayotgan bo'lishadi.
2. Bo'lishsiz shakli shall ( will ) yordamchi fe'lidan keyin not inkor yuklamasini qo'yish bilan yasaladi:
Ega + shall ( will ) + not + be + Ving |
---|
I shall not be reading at 4 o'clock tomorrow. Men ertaga soat 4 da kitob o'qiyotgan bo'lmayman.
They will not be working at this time tomorrow. Ular ertaga bu vaqtda ishlayotgan bo'lishmaydi.
3. So'roq shakli shall yoki will yordamchi fe'llarini eganing oldiga qo'yish bilan yasaladi:
shall ( will ) + ega + be + Ving |
---|
- Shall we be reading at 4 o'clock tomorrow? Men artaga soat 4 da kitob o'qiyotgan bo'lamanmi?
- Will they be working at this time tomorrow? Ular ertaga bu vaqtda ishlayotgan bo'lishadimi?
Bo'lishli shakli Bo'lishsiz shakli So'roq shakli I shall be working
He (she,it) will be working
We shall be working
You will be working
They will be workingI shall not be working
He (she, it) will not be working
We shall not be working
You will not be working
They will not be wor kingShall I be working?
Will he (she,it) be working?
Shall we be working?
Will you be working?
Will they be working?Use Future Continuous Tense ( Oddiy o'tgan zamonning ishlatilishi )
1. Future Continuous kelasi zamondagi biror vaqtdan oldin boshlanib, o'sha vaqtda ham davom etayotgan ish-harakatni ifodalaydi. Bu vaqt quyidagicha ifodalanadi:
a) at five o'clock soat beshda, at noon peshinda, at midnight yarim tunda, at that momet o'sha vaqtda kabi vaqt ko'rsatkichlari bilan ishlatiladi:
- I shall still be working at six o'clock.
Soat oltida men hali ham ishlayotgan bo'laman. - He can't come at two o'clock tomorrow because he'll be giving a lesson at that time.
U ertaga soat ikkida kela olmaydi, chunki o'sha paytda u dars berayotgan bo'ladi.
b) payt va shart ergash gaplardagi Present Simple bilan ifodalangan boshqa bir kelasi zamondagi ish-harakati bilan:
- When I come back, they will be having supper.
Men qaytib kelganimda ular kechki ovqatni yeyayotgan bo'lishadi. - I shall be working when he returns.
U qaytib kelganida men ishlayotgan bo'laman. - If you come after eleven o'clock, I shall be sleeping.
Siz o'n birdan keyin kelsangiz, men uxlayotgan bo'laman.
Izoh: Payt va shart ergash gaplarda Future Continuous ishlatilmaydi, ularning o'rnida Present Continuous ishlatiladi: - If he is sleeping when you come, wake him up.
Siz kelganingizda agar u uxlayotgan bo'lsa, uni uyg'oting.
2. Ikkita davom etadigan ish-harakati bir vaqtda sodir bo'lsa, jarayonni ifodalashni istasak bosh gapda Future Continuous va ergash gapda Present Continuous ishlatamiz, agar ish-harakatning sodir bo'lish faktini ifodalashni istasak (sodir bo'ladimi yo'qmi) bosh gapda Simple Future ni, ergash gapda esa Present Simple ni ishlatamiz:
- While he is having his breakfast, I shall be reading the newspaper.
U nonushta qilayotganida men gazetani o'qiyotgan bo'laman. - While he has his breakfast, I shall read the newspaper.
U nonushta qilganida men gazeta o'qiyman. - While I am doing my homework, he will be resting.
Men uy ishimni qilayotganimda, u dam olayotgan bo'ladi. - While I do my homework, he will rest.
Men uy ishimni qilganimda u dam oladi.
3. Future Continuous qisqa muddatli ish-harakatini ham ifodalab Future Simple o'rnida ishlatiladi va ish-harakatni sodir qilish niyatini yoki shu ish-harakatining sodir bo'lishi aniqligini bildiradi:
- He will be meeting us at the station. U bizni stansiyada kutib oladi.
- I shall be writing to him tomorrow. Men unga ertaga xat yozaman.
The Future Continuous in the Past (O'tgan zamondagi kelasi davom zamon)
Future Continuous in the Past ham Future Continuousga o'xshab yasaladi, faqat shall va will yordamchi fe'llarining o'rnida should va would yordamchi fe'llari ishlatiladi:
Bo'lishli shakli Bo'lishsiz shakli I should be working
He (she,it) would be working
We should be working
You would be working
They would be workingI should not be working
He (she, it) would not be working
We should not be working
You would not be working
They would not be working
Og'zaki nutqda Future Simple in the Past nikiga o'xshash qisqartirmalar ishlatiladi: I'd be working, he'd be working; I shouldn't be wor king, I'd not be working, he wouldn't be working, he'd not be working va h.k.
Bosh gapdagi fe'l o'tgan zamonda bo'lganda ergash gapdagi kelasi zamonda davom etadigan ish-harakatni ifodalash uchun Future Continuous in the Past ishlatiladi. Bu zamon ko'pincha ko'chirma gaplarni o'zlashtirma gapga aylantirganda ergash gapda ishlatiladi:
- She said that she would be giving an English lesson at five o'clock.
U soat beshda ingliz tilidan dars berayotgan bo'lishini aytdi. - He thought that I should be working all day.
U meni kun bo'yi ishlaydi deb o'ylabdi.