Adjective

12-Mar-2023

Adjective ( Sifat )

1. Shaxs yoki buyumning belgisini bildirgan so'zlar sifat deyiladi:

 

  • A young man yosh kishi;
  • a young woman yosh ayol;
  • young people yosh kishilar.

    2. Sifat faqat darajalar bo'yicha o'zgarishi mumkin:
  • long - uzun, longer - uzunroq, longest - eng uzun.

    3. Sifatlar oddiy va yasama bo'ladi:
    a) Oddiy sifatlar qo'shimcha olmagan sifatlardir:
  • big - katta, short- kalta, black - qora, red - qizil.

    b) Yasama sifatlarga old yoki orqa qo'shimchasini yoki har ikkalasini olgan sifatlar kiradi:
  • natural - tabiiy, incorrect - noto'g'ri, unnatural - notabiiy.

    Eng ko'p tarqalgan qo'shimchalar (suffikslar):
    - ful : useful = foydali, doubtful shubhali;
    - less : helpless = ojiz, useless befoyda;
    - ous : famous = mashhur, dangerous xavfli;
    - al : formal = rasmiy, central markaziy;
    - able, -ible: eatable = yeb bo'ladigan, accessible hammabop, yengil.

    Eng ko'p tarqalgan old qo'shimchalar :
    un- : unhappy = baxtsiz, unequal = teng emas, noteng;
    in- : incomplete = tugallanmagan, indifferent = farqsiz.

    4. Ikkita so'zdan yasalib bitta ma'noni bildiruvchi sifatlar qo'shma sifatlar deyiladi:
  • dark-blue = to'q ko'k, snow-white = qordek oq.

    5. Sifat gapda aniqlovchi va ot-kesimning tarkibida keladi:
  • The large box is on the table. (aniqlovchi) Katta quti stol ustida.
  • The box is large. (ot kesimning tarkibiy qismi) Quti - katta.
     

 

Sifat
Fikr sifatlari(insonning shaxsiy fikriga asoslanadi:
(great,beautiful,nice,terrible)
Fakt sifatlari (otga xos belgini bildiradi:
(large, black, wooden, new, difficult)