Uncountible nouns

12-Mar-2023

Uncountable nouns ( Sanalmaydigan otlar )

 

Moddiy otlar ( Material nouns ) Mavhum otlar ( Abstract nouns)
Moddiy otlar - moddalarni ifodalovchi otlar: Mavhum otlar- belgi, harakat, holat, xis,
ko'rinish, fan, san'at va boshqalarni
ifodalaydi.

water - suv
steel - po'lat
wool - yung
gold - oltin
sugar - shakar

honesty - sofdillik
beauty - go'zallik
sleep - uyqu
darkness - qorong'ulik
love - sevgi
winter - qish
history - tarix
music - musiqa


1. Moddiy va mavhum otlar donalab sanalmaydigan otlardir. Ular faqat birlikda ishlatiladi:

  • Coal is produced in many districts of our country. Mamlakatimizning ko'pgina tumanlarida ko'mir qazib olinadi.
  • Knowledge is power. Bilim - kuchdir.
    Donalab sanalmaydigan otlar yakka o'zi kelishi mumkin:
  • I eat rice every day. Men har kuni guruch yeyman.

    2. Ba'zi moddiy otlar shu moddadan yasalgan narsani ifodalab, donalab sanaladigan otga aylanadi:
  • He carried a brick (two bricks) in each hand. U har bir qo'lida bittadan (ikkitadan) g'isht ko'tarib keldi.
  • Taqqoslang: Our house is built of brick. Uyimiz g'ishtdan qurilgan.
  • The boy threw a stone (two stones) into the water. Bola suvga bitta (ikkita) tosh otdi.
  • Taqqoslang: The ground was as hard as stone. Yer toshdek qattiq edi.

    3. Ba'zi moddiy otlar shu moddaning har xil navini yoki turini ifodalab sanaladigan otga aylanadi:
  • It is a good wine. Bu yaxshi vino.
  • We export lubricating oils. Biz moylovchilarni eksport qilamiz.

    4. Ba'zi mavhum otlar konkretlashib donalab sanaladigan otlarga aylanadi:
  • He made a speech yesterday. Kecha u nutq so'zladi.
  • His speeches are always interesting. Uning nutqlari doimo qiziqarli.
  • Taqqoslang: Animals do not possess the power of speech. Hayvonlar gapirish qobiliyatiga ega emas.

    Quyida ko'p ishlatiladigan donalab sanalmaydigan otlardan namunalar keltiramiz:
     
      advertising   - reklama qilish         information - ma'lumot
      sand          - qum                    measles     - qizamiq
      mumps         - tepki                  food        - oziq-ovqat
      soap          - sovun                  chaos       - xaos,tartibsizlik
      damage        - buzulish               work        - ish
      economics     - iqtisod                air         - havo 
      meat          - go 'sht                physics     - flzika
      mathematics   - matematika             politics    - siyosat.
      accommodation - turar joy              advice      - maslahat
      baggage       - bagaj, yuk             bread       - non
      furniture     - mebel                  money       - pul
      homework      - uy ishi                luck        - omad, baxt
      luggage       - yuk, bagaj             news        - yangilik(lar)
      permission    - ruxsat                 progress    - yutuq, muvaffaqiyat
      scenery       - manzara                traffic     - qatnov 
    Time so'zi vaqt ma'nosida donalab sanalmaydigan ot sifatida ishlatiladi.
    Time so'zi marta ma'nosida esa donalab sanaladigan ot bo'lib keladi.
  • We have spent too much time on this homework. Biz bu uy vazifasiga juda ko'p vaqt (sanalmaydi) sarfladik.
  • She has been late for class six times this semester. U bu semestrda olti marta darsga (sanaladi)kech qoldi.

    Travel oti umuman sayohat qilish ma'nosini bildiradi va faqat birlikda ishlatiladi (a travel deyish noto'g'ri).
    Ammo a journey oti ma'lum birjoyga sayohat qilishni bildiradi va artikl bilan keladi:
  • Did you have a goodjourney? Yaxshi sayohat qildingizmi?