Declarative sentences
12-Mar-2023Declarative sentences ( Darak gaplar )
DARAK GAPLARDA SO'Z TARTIBI
Darak gaplar suhbatdoshga yoki o'quvchiga biror xabarni yetkazish uchun ishlatiladi. Ular biror faktni tasdiqlash (bo'lishli darak gaplar) yoki shu faktni inkor qilish (bo'lishsiz darak gaplar) uchun ishlatiladi. Ingliz tilida darak gaplarda so'z tartibiga qattiq amal qilinadi, har bir gap bo'lagining o'z o'rni bor. Quyidagi so'z tartibi ingliz tiliga xosdir:
ega | kesim | to'ldiruvchi | hol |
---|---|---|---|
The buyers (ega) | chartered (kesim) | a steamer (to'ldiruvchi) | yesterday (payt holi) |
Aniqlovchining gapda ma'um o'rni yo'q. U otdan ifodalangan istagan gap bo'lagi bilan kelishi mumkin:
- A steamer of 10,000 tons has arrived at the port. O'n ming tonnali paroxod portga yetib keldi.
- We have received an important telegram. Biz muhim telegramma oldik.
- They live in a new house. Ular yangi uyda yashaydilar.
DARAK GAPLARDA SO'Z TARTIBI
1. Vositasiz to'ldiruvchi bevosita fe'ldan keyin keladi: - I bought a radio set. Men radio priyomnik sotib oldim.
Gapda predlogli vositali to'ldiruvchi bo'lganda vositasiz to'ldiruvchi undan keyin keladi: - I sent my father a telegram. Men otamga telegramma yubordim.
Izoh: Qo'shma fe'llardan keyin (to put on kiymoq, to take off yechmoq, to pick up terib olmoq, to let in ichkariga qo'ymoq) kishilik olmoshlaridan yasalgan vositasiz to'ldiruvchilar fe'l bilan ravishning orasida keladi:
- Put it on. Buni kiying.
- Let him in. Uni ichkariga kirgizing.
Vositasiz to'ldiruvchi otdan yasalgan bo'lsa, ravishdan oldin ham, keyin ham kelishi mumkin: - Put your coat on. / ( Put on your coat. ) Paltoyingizni kiying.
- Let the boy in. / ( Let in the boy ). Bolani ichkariga kiriting.
2. Predlogsiz vositali to'ldiruvchi har doim fe'l bilan vositasiz to'ldiruvchi orasida keladi: - We sent the buyers the documents. Biz xaridorlarga hujjatlarni yubordik.
3. Predlogli vositali to'ldiruvchi vositasiz to'ldiruvchidan keyin keladi: - The sellers received a telegram from the buyers. Sotuvchilar xaridorlardan telegramma olishdi.