Imperative sentences
12-Mar-2023Imperative sentences ( Buyruq gaplar )
So'zlovchining tinglovchiga bergan buyrug'i, talabi yoki iltimosini ifodalovchi gapga buyruq gap deyiladi. Buyruq gap fe'lning to siz infinitive shaklini gap oldida ishlatish orqali yasaladi.
e.g. to open - ochmoq
Verb + (the) to'ldiruvchi... |
---|
Open the book! - Kitobni och!
Close the door! - Eshikni yop!
Odatda buyruq gap II shaxs birlik va ko'plikka beriladi.
Read the book! Kitobni o'qi! / Kitobni o'qinglar!
Buyruq gapning bo'lishsiz shaklini Don't inkorini gap oldiga chiqaramiz.
e.g. Don't open the window! - Derazani ochmang!
Iltimosni qilmoqchi bo'lsak please so'zini gap boshiga yoki oxiridga qo'yamiz.
Please, come back! (Come back,please!) - Iltimos orqaga qayt!
Please, don't make noise! (Don't make noise, please!) - Iltimos shovqin qilmang!
Note: Buyruq gap faqat hozirgi zamonda beriladi.
Buyruq gapni buyurish va iltimos qilishdan tashqari ko'rsatma berish hamda taklif qilishda ham ishlatish mumkin.
Buyruq: Stop that noise! (Shovqinni to'xtat!)
Ko'rsatma : Drink the medicine two times a day! (Dorini kuniga ikki marta ich!)
Taklif: Have some cake! (Biroz tortdan oling!)
Iltimos: Please, come here! (Iltimos bu yerga kel!)
I va II shaxslarga ham buyruq berish mumkin ammo bunda gap buyruqdan ko'ra taklifga yaqinroq bo'ladi.
Let + objective case dagi olmosh + Verb(to siz) |
---|
Ya'ni: Let + me (him, her, it, us, them) + Verb |
Let me go. Men keta qolay. (Ketishimga ruhsat bering.)
Let him read. U o'qiy qolsin. (Unga o'qishga ruhsat bering. )
Let them cook. Ular pishira qolishsin. (Ularga pishirishiga ruhsat bering.)
Let us speak English. (keling inglizcha gapiramiz.)
Let us = Let's - Keling
Taklif buyruq gapning inkor shakli:
Don't let me go = let me not go. Men ketmay qolay.