Possessive pronouns

12-Mar-2023
Possessive pronouns (Egalik olmoshlari)

1. Ingliz tilida egalik olmoshlari ikki xil bo'ladi: egalik olmosh-sifatlari va egalik olmosh-otlari.
Shaxs Kishilik olmoshi Egalik
olmoshi - sifati
Egalik
olmoshi - oti
Birlik
I
II

III
 
I
---
he
she
it
my - mening
----
his - uning
her - uning
its - uning
mine - meniki
----
his - uniki
hers - uniki
its - uniki
Ko'plik
I
II
III
we
you
they
our - bizning
your - sizning
their - ularning
ours - bizniki
yours - sizniki
theirs - ularniki


2. Egalik olmosh-sifatlari whose ? (kimning?) so'rog'iga javob bo'lib, sifat vazifasida doimo
ot oldidan keladi va otlarning ko'rsatkichi bo'lganligi uchun ularning ketidan kelgan otlar
artiklsiz ishlatiladi, chunki bitta ot oldida faqat bitta ko'rsatkich kelishi mumkin:

  • My pencil is on the table. Mening qalamim stol ustida.
  • He gave me his address. U menga o'zining manzilini berdi.

    Agar otdan oldin boshqa aniqlovchi bo'lsa, egalik olmoshi boshqa har qanday
    ko'satkich kabi o'sha aniqlovchining oldiga o'tadi:
  • Where is my red pencil? Mening qizil qalamim qayerda?
  • His elder brother lives in Brighton. Uning katta akasi Braytonda yashaydi.

    3. Egalik olmoshlari artiklga o'xshab all va both dan keyin qo'yiladi:
  • All my pencils are in that box. Mening hamma qalamlarim o'sha qutida.
  • Both his brothers live there. Uning har ikkala akasi o'sha yerda yashaydi.

    4. Egalik olmosh-otlaridan keyin hech qachon ot kelmaydi, ularning o'zi
    ot o'rnida ishlatiladi. Ular gapda ega, to'ldiruvchi yoki ot-kesim bo'lib keladi:
  • This is not my pencil, mine is blue. Bu mening qalamim emas, meniki ko'k (ega).
  • I have broken my pencil.Please give me yours. Men qalamimni sindirib qo'ydim. Iltimos qalamingizni berib turing.
  • This book is mine. Bu kitob meniki.

    5. O'zbek tilida egalik olmoshlari tushib qolib, ularning o'rnida egalik
    qo'shimchasi yoki o'zimning, o'zingning, o'zining, o'zimizning, o'zingizning,
    o'zlarining olmoshlari bilan berilishi mumkin, lekin ingliz tilida egalik olmoshlari
    hech qachon tushib qolmaydi yoki boshqa narsa bilan almashtirilmaydi:
  • Men ruchkamni sindirib qo'ydim. I have broken my pen.
  • U qalamini yo'qotib qo'ydi. She has lost her pencil.
  • Ular kitoblarini bizga berdilar. They gave us their books.
  • U xatni cho'ntagiga soldi. He put the letter into his pocket.
  • Paltongizni yeching! Take off your coat!
  • Men buni akamga aytdim. I told my brother about it.